«Pearl Project»da korporativ BIM (Building Information Modeling) texnologiyalari bo‘yicha tayyorgarlik dasturining navbatdagi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi. Mazkur dastur kompaniyamizda raqamli loyihalash jarayonlarini tizimli rivojlantirish, xalqaro standartlarga mos ish metodologiyasini joriy etish hamda loyiha boshqaruvi samaradorligini oshirishga qaratilgan. O‘quv jarayonida BIM texnologiyalarining amaliy qo‘llanilishi, loyiha ma’lumotlarini yagona raqamli muhitda boshqarish, mutaxassislar o‘rtasida samarali koordinatsiya va muhandislik yechimlarini integratsiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tayyorgarlik dasturining ushbu bosqichi doirasida jamoamiz BIM jarayonlarini real loyiha misolida chuqur tahlil qilish, ish oqimlarini optimallashtirish hamda murakkab arxitektura va muhandislik vazifalarini raqamli model asosida hal etish bo‘yicha muhim amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldi. Ushbu tashabbus Pearl Project’ning innovatsion texnologiyalarni joriy etish, jamoaning professional salohiyatini oshirish hamda zamonaviy arxitektura va shaharsozlik loyihalarini yuqori sifat darajasida amalga oshirishga qaratilgan strategik yondashuvining ajralmas qismi hisoblanadi.   Korporativ BIM tayyorgarlik dasturining keyingi bosqichlarida biz kompleks loyihalash madaniyatini yanada mustahkamlash, xalqaro tajribani joriy etish hamda kompaniyamizda raqamli transformatsiyani izchil davom ettirishni rejalashtirmoqdamiz.