Shu bilan birga, Pearl Project devlopment kompaniyasi TOWERUP bilan hamkorlikda Amir Temur shohko‘chasida joylashadigan TOWERUP bosh ofisi konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha Zaha Hadid Architects bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Bosh ofis loyihasi kompaniyaning arxitektura manifesti sifatida ko‘rilmoqda — innovatsiya va barqaror rivojlanish qadriyatlarini aks ettiruvchi, zamonaviy, ifodali hamda shahar kontekstiga puxta moslashtirilgan bino.