Kompaniyamiz 2022-yilda tashkil etilgan bo‘lib, faoliyatining ilk kunlaridanoq arxitektura, qurilish, dizayn va muhandislik yechimlari sohasida to‘liq xizmatlar majmuasini taqdim etishga yo‘naltirilgan. Jamoamiz nisbatan yosh bo‘lishiga qaramay, kompaniyamiz tajribasida turli yo‘nalishlarda amalga oshirilgan loyihalar mavjud: turar-joy majmualari, xususiy ofislar, ko‘p qavatli biznes markazlari, diniy inshootlar hamda madaniyat obyektlari.













